Yaponiyaning Utsunomiya şahrida ofitsiantlar sifatida maymunlar işlaydigan Kayabuki bar kafesi faoliyat körsatadi. Kafe egasi Kaoru Otsukiga ilk maymun Yaççanni uning dösti bir neça yil avval sovğa qilgan. Maymun şunçalik qobiliyatli bölib çiqqanki, qandaydir vaqtda özidan yoşroq bölgan maymunni salfetkalar tarqatişga örgatgan.
Kafedagi boş ofitsiant 17 yoşli Fuku-tyan laqabli makaka bölib, u mijozlarga salfetkalar va içimliklar olib boradi.
Fuku-tyanni dasturxon tuzaşga Yaççan örgatgan. Ayni vaqtda kafe egasida yana bir neçta makaka bolalari bor, biroq ular hozirça ofitsiant sifatida işlay olmaydilar, ammo mijozlar bilan bajonidil suratga tuşadilar.
Kafe egasining aytişiça, maymunlar unga oilasidan ham yaqinroq bölib ketgan.
“Men ularni har kuni kuzataman, ovqatlantiraman, tarbiyalayman va uxlaşga yotqazaman”, deb aytmoqda yaponiyalik.
Ba'zilar Otsuki maymunlarni ekspluatatsiya qiladi, deb hisoblaydilar, biroq Otsukining ta'kidlaşiça, maymunlar öz işlaridan zavq oladilar.












