Filippin ommaviy axborot vositalari Nuruddin Luqmonni zamona qahramoni deya taniştirsa ham, u özini bunday hisoblamaydi. Luqmon mamlakat janubida joylaşgan Maraviy şahrida 70dan ortiq nasroniyni ölimdan qutqarib qolganini heç qanday qahramonlik emas, deya e'tirof etadi.
Al Arabiya bilan suhbatda bölgan Nuruddin Luqmon bu har bir musulmon kişining oldida turgan vazifa ekanini aytib ötgan.
«Jangarilar qurolli ziddiyatni kuçaytirib yuborgan payt, men mahallamiz atrofida işlaydigan quruvçi va duradgor nasroniylarni uyimga olib kirdim. Boşqa e'tiqod vakillariga ham boşpana berişimni aytib taklif qildim. Bu öyinlardagi qahramonlik rolini öynaş sahnasi emas, inson taqdiri uçun kuraş edi», deydi u.
Dastlab, Luqmonning uyi 44 nasroniyni öz bağriga siğdirgan bölsa, keyinçalik ularning soni 70dan ortib ketdi. Töqnaşuvning ön ikkinçi kunida Nuruddinning uyida ğamlab qöyilgan oziq-ovqat zaxirasi, xususan toza içimlik suvi tugaş arafasida edi. Luqmon mehmonlariga diniy kalimalarni örgatib, ularni şahar taşqarisidagi xavfsiz joyga ötkazişni rejalaştiradi.
Oradan vaqt ötib, şahar jangarilardan ozod etilgaç, musulmon kişining xizmatlari yuksak baholanmoqda.
«Islom boşqa e'tiqod vakilini ham himoya qilişga buyurgan», deydi 61 yoşli Luqmon.
May oyining oxirgi kunlarida jangarilar Maraviyga bostirib kirganida tinç aholi vakillaridan 45 kişi va 128 nafar harbiy qurbon bölgan edi.












