Avstraliyada mamlakatni uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlaş maqsadida dunyodagi eng yirik quyoş elektrostansiyasi quriladi. SolarReserve kompaniyasi (AQŞ) va Janubiy Avstraliya ştati ma'muriyati quvvati 150 MVt ni taşkil qiladigan quyoş issiqlik elektrostansiyasini quriş böyiça kelişuv tuzişdi. Bu elektrostansiya bunday yönalişdagi stansiyalar orasida rekordçi böladi.
SolarReserve quyoş energetikasi bilan boğliq öziga xos loyihalarni yaratiş bilan tanilgan. Avstraliyadagi elektrostansiya Aurora Solar Energy Project degan nom oladi va minora körinişida quriladi. Maxsus idişlarda quyoş energiyasi bilan eritilgan tuz yiğiladi. Bu erigan tuz suyuq holatini bir neça soat davomida (8 soatdan 10 soatgaça) saqlay oladi, bu esa quyoş botgan soatlarda ham issiqlikni töplaşga imkon beradi. Erigan tuz issiqlik ulaşgiç orqali ötib, öz energiyasini buğ va keyin elektr energiyasi hosil bölişi uçun beradi.

Uşbu elektrostansiya 2018 yilda Port-Ogasta şahri yaqinida qurila boşlanadi. Bu yer quyoş energiyasini qöllaş uçun ideal joy hisoblanadi. Stantsiya 135 MVt quvvatda kuniga 8 soat işlaydi, akkumulyatorlarni qöllaş esa elektrostansiyani kun böyi işlatişga imkon beradi. Stantsiyaning quvvatini 150 MVt gaça kötariş mumkin. SolarReserve kompaniyasi elektrostansiyani quriş böyiça ötkazilgan tenderda eng kiçik qiymat – 512 mln dollar narx körsatgan va şu tariqa raqiblarini doğda qoldirgan. Ştat ma'muriyati kompaniya bilan 20 yillik şartnoma imzolagan. Bu elektrostansiyada işlab çiqarilgan bir MVt-soat elektr energiyani 61 dollardan yetkazib beriş közda tutilgan va bu gazda işlovçi issiqlik stansiyalarinikidan arzonroqdir. Ta'kidlanişiça, elektrostansiya 2020 yilda işga tuşiriladi.













