Fiat Chrysler Automobiles (FCA) alyansi Dodge Viper superkarlarini işlab çiqişni bexosdan töxtatdi. Avvalroq, Detroytning Conner Assembly Plant zavodidagi konveyerni 31 avgust kuni töxtatiş belgilangan edi. Biroq, sönggi avtomobil 17 avgustda yiğib bölindi.
Qayd etiş kerak, şu munosabat bilan heç qanday marosim ötkazilmagan yoki rasmiy bayonot berilmagan. Faqat kompaniyaning boş dizayneri Ralf Jil öz Instagram sahifasiga qizil tusli sönggi avtomobilning konveyer tasmasidagi yiğilişiga doir suratlarni joylaştirdi.
Modelning sönggi nusxasi muzeyga yuboriladi. U şu rangdagi ilk avlod yoniidan joy oladi.
«Vayper»larni işlab çiqariş 1995 yilda Conner Assembly Plant zavodida boşlangan edi. Uning sönggi avlodi 2012 yilda namoyiş etilgan edi. Dastlab superkar SRT brendida sotilgan, ammo oradan bir yil ötgaç, Dodge timsollariga ega bölgandi.
Dodge Viper kupesi 654 ot kuçiga ega, 8.4 l hajmdagi atmosferali motorga ega. Unga 6 bosqiçli MUQ örnatilgan. U 3 soniyada soatiga 96 km (60 mil) tezlikka erişadi.











