Kuni keça, 18 avgustda Amerikaning maşhur Viper superkarining konveyeri töxtatilgani haqida xabarlar paydo böldi. Rejaga köra, u 31 avgustda töxtaşi kerak edi.

Fiat Chrysler Automobiles alyansi Dodge Viper modelini işlab çiqişdan butunlay voz keçişga qaror qildi. Keling, Amerika avtomobilsozlik sanoatining eng közga köringan namunalaridan birining turli modellarini yodga olamiz. 

«Vayper»larning ilk namunalaridan biri GTS-R sportkari 1990 yillar oxirida namoyiş etildi. 

630 ot kuçiga V10 motorli avtomobilni Fransiyaning Oreca va Britaniyaning Reynard Motorsport firmalari jihozlagan. Maşina ança omadli çiqdi: 1997, 1998 va 1999 yillarda «Vayper» GT2 tasnifidagi FIA GT birinçiligida eng yaxşi maşina böldi. 1998 yilda esa Jastin Bell, Devid Donaxyu va Luki Drudi boşqaruvidagi sportkar GT2 tasnifidagi «24 soat Le-Man» poygasida birinçi örinni oldi.

 2003 yilda Dodge Viper Competition Coupe poyga namunasi paydo böldi. U SRT-10 fuqarolik modeli negizida barpo etildi.

Superkar 510 ot kuçli, 8.3 l V10 motorga ega böldi. Uning yordamida 4 soniyaga yetar-yetmas, tezlikni «yuz»ga çiqariş mumkin edi.

Avtomobil «mahalliy» kubok poygalari uçun işlab çiqilgan edi. Şu boisdan ham maşina yirik poygalarda iştirok etmadi.

Dodge Viper superkarining törtinçi avlod trek namunasi – ACR – 2007 yilgi Los-Anjyeles körgazmasida namoyiş etildi.