Tahririyatimizga Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvçi Ahmadjon Xolbötayevdan şikoyat xati kelib tuşdi.
Men Guliston tumani Zarbdor mahallasidagi namunaviy uyda yaşayman. Namunaviy uy 2011 yilda qurilgan. Uşbu murojaatni mahallamizda yaşovçi barça oilaning nomidan yöllamoqdaman.
Murojaatimning mazmuni şundan iboratki, mana, 6 yildirki, köçamizga asfalt yotqizilmagan.
Yozgi mavsumda çang kötarilib aholining, ayniqsa yoş bolalarning salomatligiga salbiy ta'sir körsatmoqda. Qişki mavsumda yölda suv töplanib, loy keçib yurişimizga töğri kelmoqda.
Yoş bolalar boğça-maktabga borişga juda qiynalmoqda. Guliston tuman hokimligi va mutasaddi taşkilotlarga bir neça yildan beri mazkur muammo böyiça murojaat qilib kelmoqdamiz. Mana, 6 yildirki bir xil gap: «yul dasturga kiritilgan, yaqinda böladi», deb takrorlaşdan çarçaşmayapti.
Axir namunaviy uylar qurilgan mahalla namuna bölib turişi kerak emasmi? Iltimos, mazkur masalini KUN.UZda yoritib çiqarsalaringiz.




Tahririyatdan: Guliston tumani hokimligi mutasaddilarini uşbu muammoga jiddiy yondaşişlarini istar edik. Çunki namunali uylar massivi qurilayotganda uning köçalarini obodonlaştirişni mahalliy hokimliklar öz zimmasiga olişi, loyiha tasdiqlangaç, bunga yaraşa pul ham ajratilgan bölişini barçamiz juda yaxşi bilamiz.








