Har bir narsada hikmat bor. Şuhrat Rizayevning Prezidentimizga yozgan maktubi bahonasida yillar davomida ortga surilib, loqaydligimiz sabab uzil-kesil yeçimini topmay kelayotgan muammo yuzaga qalqib çiqdi. 

Avvalo, «kirill alifbosi — birinçi, lotin yozuvi — ikkinçi» tarzidagi taklifning özi kulgili. Özbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi Qonuni qabul qilinganiga 24 yil töldi. Bu yillar davomida tulki-yu olmaxonlarni ham lotin yozuvida öqiş va yozişga örgatib yuborsa bölardi. Biz esa hamon u yeri unday, bu yeri bunday, deb çaynalib yotibmiz. 

Darvoqe, ayrim e'tiroz bildirilayotgan örinlarga tuxtalib ötmokçiman. Lotin alifbosini tayyorlaşda juda iqtidorli olim va yozuvçilar jon kuydirib işlaşgan edi. Ular til va yozuvning köp jihatlarini e'tiborga olişga harakat qilganlar. Masalan, «sh», «ch», «ng» harfiy birikmalari qiyinçilik tuğdirarmiş. 

Hoy millatdoşlarim, har bir sözi alohida iyeroglif bilan yoziladigan xitoy, yapon yozuvlari, har bir harfi 4 xil şaklda yoziladigan arab yozuvidan foydalanuvçilarga tözim bersin. Qiziq, ular ham bizga öxşab noliyverarmikinlar?! 

«Sh» harfiy birikmasidagi «c» alifboda yöq-ku, nega undan foydalanamiz, degan e'tirozni ham uçratib qolamiz. «S»ga yaqin bölgani uçun «s»ni olişgan-ku. Özbek alifbosida bölmasa ham asl lotin alifbosida bor-ku bu harf? Lotin alifbosi asosidagi özbek yozuvi, deb bekorga aytilmagandir.

Yana bir e'tiroz «x» va «h» harflari borasida. Arab alifbosida bir neça xil talaffuz qilinadigan «z», «s», «t» tovuşlari bor, lekin ular har birini qunt bilan örganişadi va bunga qat'iy rioya qilişadi. Biz nega şu birgina farqni qabul qilmaymiz. Tilning tovuş xususiyati degan narsa bor, axir. «Xato», «xöroz» sözlari bilan «halim», «hikoya» kabi sözlarni ovozingizni çiqarib talaffuz qilib köring, farqini bilasiz.

Kirill alifbosidagi boy manbadan mahrum bölamiz, deb jar solayotganlarga ham ayrim e'tirozlarim bor. Birinçidan, bu manbaning katta bir kismi mafkuraviy nuqtai nazardan çiqitga çiqib bölgan.

Ikkinçidan, texnika soat sayin rivojlanayotgan asrimizda kompyuterda kirilldagi matnni lotin yozuviga bir lahzada ögirib beradigan dasturlar allaqaçon yaratilgan. 

Uçinçidan, maktabda 2-sinfdan boşlab, sinf öquvçilarini ikki alohida kiçik guruhlarga bölib (ya'ni materialni oson özlaştirsin, degan maqsadda) rus tili darslari ötiladi. Demoqçimanki, bolalarimiz lotin yozuvi bilan birga kirill alifbosini ham mukammal örganiş imkoniyatiga ega. Yuqori sinflarda özbek kirill alifbosidagi farqlar (o‘, q, ğ, h kabi)ni örgatiş uçun 30–40 soatlik fakultativ darslar kiritilsa kifoya.