AQŞning Ogayo ştatida sudya öz hayotini himoya qilib, unga hujum qilgan jinoyatçini otib taşladi. Bu haqda Washington Post naşri xabar bermoqda. 

Voqea 21 avgustda Styubenvill şahrida yuz bergan. Jinoyatçi qonun himoyaçisini sud binosida kutib turgan. Sudya Jozef Brazziz unga yaqinlaşganda, jinoyatçi unga öq uzgan. Biroq sudya özini yöqotib qöymay, epçillik bilan yonidan töpponça çiqarib, javob öqi uzgan. Voqea joyiga otişma ovozlarini eşitgan politsiyaçi yordamga yetib kelgan. Oqibatda sudya jinoyatçini otib öldirgan, özi esa yaralangan va şifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanişiça, sudyaning hayoti xavf ostida emas.

Jinoyatçi avval bir neça marta qonunni buzgan afroamerikalik Nataniel Riçmond ismli şaxs bölib çiqqan. Sudya Brazziz öz vaqtida uning bir neça işini körib çiqqan. Politsiya uşbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda: hujum sababi aniqlaştirilmoqda, politsiyaçi jinoyatçi bilan voqea joyiga kelgan ikkinçi kişini söroq qilmoqda. 

Mahalliy şerifning jurnalistlarga aytişiça, sudya ov va sport bilan jiddiy tarzda şuğullanadi. Aynan şerif bir neça yil avval sudyaga “yon-atrofda telbalar” köpligini aytib, uni qurol olib yurişga köndira olgan.