21 avgust kuni Google korporatsiyasi Android operatsion tizimining O kod nomi ostidagi sakkizinçi versiyasini taqdim etdi. Qoidaga köra, Android versiyalari şirinliklar şarafiga nomlanadi - AndroidPolice ma'lumotlariga köra, yangi tizim Android Oreo deya nomlangan. Business Insider naşri Android'ning yangi versiyasida paydo böladigan eng asosiy yangilanişlar haqida ma'lumot berdi.

Tezlaştirilgan tizim - avvalgidan ikki barobar tezroq

Asosiy ekran satrida zaryad darajasi foizlarda aks etadi

Ilovalarda xabar beriş belgilari paydo böladi

Yangi xabarlari öqilmagan ilovalarda nuqta körinişidagi belgi paydo böladi. Foydalanuvçi unga bosib turib, öqilmagan xabarlarni közdan keçirişi mumkin böladi.
"Suratda surat" rejimi

Videorolik yoki videoqönğiroq oynasini kiçiklaştiriş mumkin, u boşqa ilovalarning ustida turadi. Bu bir vaqtning özida ikki servisdan foydalaniş imkonini beradi.
Alohida ilovalarning xabar beruvçi tovuşini vaqtinçalik öçiriş imkoni

Foydalanuvçi ilovalarni töliq öçiriş yoki "bezovta qilmaydigan" rejimga ötkaziş örniga ba'zi ilovalar tovuşini vaqtinçalik öçirib qöyişi mumkin böladi.
Matnni "aqlli" ajratiş

Smart Text Selection funksiyasi ismlar va nomlarni avtomatik ravişda taniy boşlaydi - bu kerakli nomni istagan joyda uşlab turib, ajratiş imkonini beradi.

Şuningdek bu funksiya telefon raqamlari va manzillarni ham taniy oladi, ular ajratilganda şu raqamdan yoki xarita ilovasidan foydalanişni taklif qiladi.
Google Play Protect himoya tizimi

Google Play Protect ilovalar va ularning funksiyalari foydalanuvçilarning qurilmalari va ma'lumotlariga ziyon yetkazmasligini nazorat qiladi.
Login va parollarni avtotöldiriş
Barça ilovalar uçun Chrome'da saqlanib qolgan login va parollarni avtomatik tarzda töldiriş funksiyasi işga tuşadi. Masalan, agar Twitter'dagi profil ma'lumotlari Chrome'da saqlanib qolgan bölsa, Android ularni Twitter ilovasida qöllaşi mumkin.
Yangilanişni yetkazişning yangi tizimi

Android'ning asosiy muammosi şundaki, haddan taşqari kam qurilmalar tizimning sönggi versiyasigaça yangilanadi. Masalan, avgustning boşiga kelib, barça Android-qurilmalarning atigi 13,5 foizigina - dolzarb 7.0 Nougat versiyasi boşqaruvi ostida va bor-yöği 1,2 foizi sönggi yangilaniş ostida işlagan.
Google korporatsiyasi Android O bilan birga Treble nomli yangi tizimni ham namoyiş qiladi, u Samsung, LG va boşqa kompaniyalar smartfonlaridagi tizimlar avvalgidan-da tezroq yangilanişi ta'minlaydi.











