Özbekiston taşqi siyosatidagi ustuvor vazifalarni belgiladi. Bu haqida bugun matubot anjumanida Özbekistonning Qirğizistondagi favqulodda va muxtor elçisi Komil Raşidov ma'lum qildi, deyiladi 24.kg saytida. 

Uning sözlariga köra, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev asosiy e'tibor Markaziy Osiyo mamlakatlari — Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Tojikistonga qaratilişini ma'lum qilgan. Çegaralarning belgilab olinişi va suv resurslarining taqsimlanişi mintaqa bilan uzviy boğliq. 11 avgust kuni Toşkent şahrida "Markaziy Osiyo - Özbekiston Respublikasi taşqi siyosatining asosiy ustuvor yönalişlari" nomli konferensiya bölib ötdi va u BMT Taraqqiyot Dasturi vakolatxonasi hamda YeXHT tomonidan qöllab-quvvatlangan. 

"Har qanday yirik mintaqaviy transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini mintaqa mamlakatlari iştirokisiz amalga oşirib bölmaydi. Xalqlarimizni umumiy ma'naviy qadriyatlar, umumiy tarix birlaştirib turadi", - deya ta'kidladi Komil Raşidov. 

U Afğoniston ham bundan istisno emasligini qöşimça qildi. Özbekiston uning qayta tiklanişiga doimo öz hissasini qöşib keladi, deyiladi manbada. 

Eslatib ötamiz, 16 avgust kuni Bişkek şahrida ikki tomonlama hamkorlik, çegaralar delimitatsiyasi va demarkatsiyasi böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişi bölib ötdi. Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Qirğiziston rahbariyati bilan qator uçraşuvlar ötkazdi.