2017 yil 22 avgust kuni Milliy matbuot markazida "Özbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tomonidan OAV vakillari uçun anjuman ötkazildi. Tadbir davomida "Özbekenergo" AJ vakillari aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlaş borasida amalga oşirilgan işlar, rejadagi çora-tadbirlar haqida ma'lumotlar berişdi.
Anjumanda iştirok etgan "KUN.UZ" muxbiri tadbir taşkilotçilariga öz savollari bilan murojaat qildi:
"Ötgan qiş mavsumida ayrim viloyatlarda, jumladan, Andijon, Xorazm, Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlarining çekka tumanlarida 12-16 soatlab çiroq bölmasligi yoki 4 soat çiroq bölsa 4 soat çiroq öçişi kuzatildi. Bu yilgi mavsumda bu holatning qay darajada oldi olinadi? Ayrim hududlarda qarzi bölmasa ham qarzdorlar evaziga butun bir köça yoki mahalla elektr energiyasidan mahrum etiladi. Bu holatni yaxşilaş va haqqoniylikni ta'minlaş uçun nimalar qilinmoqda?".
Yuqoridagi savollarga "Özbekenergo" vakillari quyidagiça javob berişdi:
"Yuqoridagi muammolarni bartaraf etişda avvalo, biz iste'molçilar elektr energiyasidan foydalaniş madaniyatini oşirişimiz kerak. Kuz-qiş mavsumida uziliş holatlari köp bölişiga yana bir sabab - gaz yetişmasligi natijasida elektr energiyaga bölgan talab yanada oşişidir. Joriy yilda uşbu masalaning oldini oliş böyiça çora-tadbirlar köriş rejalaştirilgan.
Qarzdorlik holatiga töxtaladigan bölsak, endilikda qarzdorlik holatiga çek qöyişda Majburiy byuro xodimlari bilan birgalikda işlaymiz. Bu esa butun mahallani emas, balki faqat qarzdor iste'molçilarning özini elektr ta'minotidan mahrum qiliş va qarzni undirişga imkon beradi".
Ma'lum bölişiça, bugungi kunda Özbekiston aholisining elektr energiyasidan qarzdorlik holati 1,5 trillion sömni taşkil etadi.













