Köp xodimlar maoşni oşirişni söraşga qiynalişadi, lekin bu u qadar qörqinçli emas. Rahbaringiz bilan haftaning qaysi kuni, qaysi payt gaplaşiş maqsadga muvofiq ekanini biling. "Layfxaker" xodimlarning qaçon maoşni oşirişni sörab murojaat qilişi mumkinligiga doir ma'lumotlari bilan bölişdi.
1. Yangi majburiyatlar paydo bölganda
Agar sizning lavozimingiz oşirilsa, vazifalaringiz bevosita özgarsa yoki birovning vazifasini sizga yuklaşsa, iş haqini oşirişni sörab murojaat qilişning ayni vaqti! Endi köproq vazifalarni bajarişingiz kerak böladi, axir. Demak, şunga yaraşa haq ham olişingiz kerak. Agar qandaydir muhim yirik loyiha uçun javobgar bölsangiz, öz harakatlaringiz va vaqtingiz uçun mukofot masalasini muhokama qilişga urinib köring.
Rahbariyat bu iltimosingizni rad etsa, ehtiyotkorlik bilan, bunday vazifalarni bajarişi kerak bölgan yangi xodim avval boşdanoq köproq maoş talab qilişiga şa'ma qiling.
2. Muvaffaqiyatga erişganingizda
Agar kompaniyaga katta foyda keltirgan bölsangiz, masalan, muhim bitim imzolagan yoki köp yangi mijozlarni jalb etgan bölsangiz, qörqmay maoşingizni oşirişni sörang. Siz öz-özidan iş haqingizni oşirişni söramayapsiz, buning arzirli sabablari bor. Siz bunga loyiqsiz. Özingizning haqiqatda qadrli xodim ekaningizni his qilişingiz muhim.
Bu muvaffaqiyatga erişiş uçun qanday mehnat qilganingizni aytib bering. Rahbariyatni maoşingizning oşişi sizni kelgusida yanada katta işlarga ilhomlantirişiga işontiring.
3. Malaka oşirgandan keyin
Rezyumeingizdagi yutuq va könikmalar satrlari tölib borgan sari iş haqingiz ham şunga muvofiq oşib borişi kerak. Bu masalani albatta rahbariyat bilan muhokama qiling.
4. Personalning yillik tahliliga uç oy qolganda
Rahbariyatdan maoşni oşiriş haqida söramoqçi bölsangiz, buni byudjyet taqsimlangunga qadar amalga oşiring. Agar siz bu masalani xodimlarga baho beriş paytida kötarsangiz, yana 3-4 oy kutişingizga töğri keladi.
5. Erta kuzda
Bu punkt, törtinçisi kabi, oldini olişga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Yangi yil boşidan köproq maoş olişni istasangiz, sentabr oyidayoq iş haqini oşirişni sörang. Bu ham byudjyetni taqsimlaş bilan boğliq.












