Yaponiya Mudofaa kuchlari 24 avgust kuni 3 kunlik mashg‘ulotlarga kirishdi. The Strairs Times 2,4 ming askar qatnashayotgan bu mashg‘ulotlar Koreya yarim orolida yuzaga kelgan tarang vaziyat fonida o‘tkazilayotganiga e'tibor qaratgan.
Fudziyama tog‘lari yaqinidagi hududda boshlangan mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad — qurolli kuchlarni ehtimoliy hujumlarga tayyorlash hisoblanadi.
«Yapon va Janubiy Xitoy dengizidagi hududlar maqomini belgilashda, shuningdek, Shimoliy Koreya hukumati ballistik raketalar va yadro qurolini takomillashtirishda davom etishi bilan bog‘liq muammolar mavjud. Shuningdek, Rossiya Uzoq Sharqda harbiylarini saqlab turibdi», — deya izoh bergan Yaponiya Mudofaa kuchlari rasmiysi Kodzi Yamadzaki.















