«PSJ» Anxel di Mariyani «Barselona»ga sotişga rozi böldi. Bu haqda Sport naşri xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga köra, uşbu transfer qiymati 50 mln yevroni taşkil qiladi. Katalonlar klubi argentinalik futbolçi bilan şaxsiy şartnoma borasida kelişuvga erişib bölgan.

«Barselona» Neymar örnini avvaliga «Liverpul» yarim himoyaçisi Filippe Koutino va Dortmundning «Borussiya» hujumçisi Usmon Dembeleni sotib oliş bilan töldirmoqçi bölgandi. Ammo bu transferlar böyiça murakkabliklar kelib çiqdi. Di Mariya avvaldan argentinalik vatandoşi Lionel Messi bilan birga töp suriş istagini bildirib keladi.

Ayni vaqtda 29 yoşda bölgan Di Mariya 2010 yildan 2014 yilgaça «Barselona»ning aşaddiy raqibi bölmiş  «Real» safida töp surgandi.

Di Mariya ötgan mavsumda «PSJ» safida 43 öyinda maydonga tuşgan va 14 gol urib, 15 golga uzatma bergan.

Bundan avvalroq Le Parisien naşri Parij klubi Kataloniya klubining Di Mariya böyiça taklifini rad qilgani haqida xabar berilgandi.