Özbekiston Oliy Majlisi Senatining qarori bilan mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tarkibi tasdiqlandi. «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylaş töğrisida»gi Senat qarori matni ÖzAda naşr etildi.
«Quyidagilar: Askarjon Boyisoviç Gafurov, Fayzulla Abdulxayeviç Kayumov, Baxtiyor Dexqonboyeviç Miralimov, Baxtiyor Şamsutdinoviç Mirboboyev, Genjyemurat Pirjanov, Qahramon Uljayev Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga saylansin», — deyiladi hujjatda.
Bundan taşqari, Konstitutsiyaviy sud qarori bilan Baxtiyor Şamsutdinoviç Mirboboyev Konstitutsiyaviy sud raisi, Askarjon Boyisoviç Gafurov rais örinbosari etib saylandi.








