Rossiya Konstitutsiyaviy sudi (KS) korrupsionerlarning qarindoşlari va aloqador uçinçi şaxslarning mol-mulkini, şu jumladan yagona uy-joyini, hatto u qisman qonuniy mablağlar evaziga sotib olingan bölsa ham, musodara qilişni qöllab-quvvatladi.

Qarorga ikki arizaçi - Yelena Labuzova va Olga Korolning şikoyatlari sabab bölgan.

Birinçi holatda KS Orenburg viloyatining sobiq ta’lim vaziri Vyaçeslav Labuzovning qizi bilan boğliq vaziyatni örgandi. Tergov ma’lumotlariga köra, u noqonuniy yöl bilan topilgan mablağ evaziga 855 kvadrat metr yer uçastkasini sotib olgan va qizining nomiga rasmiylaştirgan. Keyinçalik qizi bu yerda öz hisobidan uy qurgan. Ammo sud uni jinoiy pullar evaziga yaratilgan mulkning ajralmas qismi deb topdi va musodara qildi.

Olga Korol pora sifatida olgan va kuyoviga rasmiylaştirgan ikkita kvartirasidan ayrildi. KS korrupsiya bilan boğliq mol-mulkka egalik qiliş, u kimning nomiga rasmiylaştirilganidan qat’i nazar, mumkin emasligini ta’kidladi. Sud, şuningdek, 2024 yil oktyabr oyida korrupsiya natijasida olingan mol-mulkni özgartiriş yoki köpaytiriş uning musodara qilinişiga tösqinlik qilmasligi böyiça yondaşuvni mustahkamlaganini eslatdi.

«KS Labuzova va Korolning şikoyatini körib çiqişdan boş tortdi. Şu bilan birga, sud korrupsiya natijasida olingan pul, qimmatbaho buyumlar va boşqa mol-mulkni aybdor şaxsning foydalanişida saqlab turiş bunday ijtimoiy xavfli va ğayriqonuniy xatti-harakatlarga olib kelişi mumkinligini tuşuntirdi», deyiladi xabarda.

Ekspertlarning fikriça, KS qarori korrupsiyaviy daromadlar bilan boğliq bölsa, hatto yagona uy-joyni ham olib qöyiş amaliyotini mustahkamlaydi. Huquqşunos Oleg Zaxarovning fikriça, bu korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytiradi, biroq korrupsionerlarning qarindoşlari uçun xavf tuğdiradi, ular mablağlar manbasining qonuniyligini tekşirmasa, öz mol-mulkidan mahrum bölişi mumkin.