Olmaliq şahrida, şahar IIBga 16 avgust kuni Olmaliq şahrida yaşovçi, uy bekasi G.Z. ariza bilan murojaat qilib, öz arizasida joriy yilning 19 iyul kuni soat 08.00 lardan 09.30 larga qadar bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxs, uyda heç kim yöqligidan foydalanib, devordan oşib tuşiş yöli bilan kirib, uyi yotoqxonasidagi şkafi içidan 20.350.000 söm pullari va umumiy narxi taxminan 1.800.000 söm bölgan 2 dona ayollar tilla uzuklarini öğirlaganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Angren şahrida yaşovçi, vaqtinça işsiz N.V. sodir etganligi aniqlanib, uşlandi.
Uşbu holat yuzasidan unga nisbatan öğirlik jinoyatini sodir etganligi uçun jinoyat işi qözğatildi. Aşyoviy dalil sifatida 2 dona ayollar tilla uzuklari olindi. Tergovni IIB olib bormokda.











