«Monako» hujumçisi Kilian Mbappe «Pari Sen-Jyermen» yoki «Real»ga ötadi.

Parijliklar jamoasi 18 yoşli bu futbolçi transferi uçun muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo «Monako» raqibni kuçaytirişni istamayapti va futbolçini «Real»ga sotmoqçi.

The Telegraph xabariga köra, «Monako» Mbappeni 180 million yevroga baholagan. Jamoada şuningdek, futbolçini yana bir mavsumga olib qoliş rejasi mavjud. Parijliklar uşbu futbolçini katta pulga sotib oliş orqali moliyaviy feyr-pley qoidasini buziş ehtimoli mavjud, lekin jamoa variantlarni körib çiqmoqda.

«Real» Mbappe transferini keyingi yilga qoldirişi ham mumkin. Jamoa boş murabbiyi yoş futbolçiga hozirgi tarkibda joy topib bera olmasligini aytgan.

Qayd etiş kerakki, yoş futbolçini boş murabbiy Leonardu Jardim maşğulotlardan çetlatgan, u jamoa öyinlarida qatnaşmayapti.