UFC chempioni Konor MakGregor Floyd Meyvezerga qarshi jangdan keyingi matbuot anjumanida o‘zi bu jang uchun olgan gonorardan ko‘ngli to‘q ekanini aytib o‘tdi.

«Endi bu pullar butun hayotimni ta'minlashi mumkin. Agar biron ahmoqlikka yo‘l qo‘ymasam, bu pullar hatto umrimning oxirigacha ham yetadi», – deya irlandiyalik sportchining so‘zlarini keltirgan MMAFighting.com‏.

Bundan avvalgi xabarlarda Makgregorga ushbu jang uchun 30 million dollar kafolatlangani, qo‘shimcha bonuslar va chiptalar pullari evaziga uning gonorari miqdori yanada ortishi haqida aytilgandi.