Bundan bir asr muqaddam jadidçi bobolarimiz ma'rifatsiz millatning ertasi ham qoronği bölişini aytib, barçani maktab qurişga, farzandlarini ilmli qilişga da'vat etgandi. AQŞdagi Green Building Council ("Yaşil" quriliş kengaşi) tomonidan 2013 yilning mart oyida e'lon qilingan hisobotda mamlakatdagi umumiy maktablarni ta'mir holatini yaxşilaş, undagi şaroitlarni kengaytiriş uçun örtaça 271 milliard AQŞ dollari sarflanişi e'tirof etilgan. Bu esa öz örnida har bir öquvçi uçun taxminan 5000 AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratilişidan darak beradi. Ming afsuski, bu nasihatni oradan sal kam 100 yil ötsa ham, zamondoşlarimiz tomonidan amalda qöllanilganda ham, biz "eşitmaymiz", "körmaymiz" va anglab yetmayotgandekmiz. Bunday tuşkunlikda bölişimizni quyidagi suratlarni sözlab berar.




Siz körib turganingiz Ikkinçi Jahon uruşini körgan Çexiyadagi bilim yurti yoki olis, çekka hududdagi maktab emas, poytaxt Toşkent şahri, Olmazor tumanida joylaşgan 24-umumta'lim maktabining old binosidir. Agar taşrif buyursangiz, öşa siniq oyna, şumşayib qolgan bahaybat old bino oldida hindistonlik siyosiy arbob Bahodur Lal Şastrining haykali sizga jilmayib boqib turganiga guvoh bölasiz.




Savol paydo böladi, sayyohlar taşrif buyursa, diqqatga sazovor maskan sifatida şu yerga kelişadimi yoki has-pöşlab, közni yumib ötiş kerakmi? Axir, sayyohlik sohasini rivojlantirişga qançalik urinsak, şunçalik madaniy, tarixiy va ijtimoiy obektlarga e'tibor qiliş lozim emasmi? Ha, mayli dedim, ammo döppini bir çetga qöyib savol bersak, qanday maktablar ta'mirga muhtoj, deb topiladi?
























