
Uber taksi xizmati ijroçi direktori lavozimini bungaça Expedia turoperatoriga rahbarlik qilgan Daru Xosrovşaxi egalladi.
48 yoşli Xosrovşaxiga Uber imiji, sarmoyaçilar örtasidagi özaro tarang munosabatlarni tiklaş, xodimlar ruhiyatini oşiriş, kompaniyaning 7 yillik ziyon körişlardan keyin körsatkiçlarini yaxşilaş kabi muammolarni hal qilişiga töğri keladi.
Uber asosçisi Trevis Kalanik kompaniya atrofida yuzaga kelgan bir neça mojarolar sababli iyunda kompaniya rahbari lavozimidan ketişiga töğri kelgan. Uning iste'foga çiqişini kompaniyaning 5 nafar aksiyadori talab qilgan.











