Fransiyalik hujumçi Usmon Dembele Barselonaga yetib keldi. Dortmundning «Borussiya» klubidan «Barselona»ga ötayotgan bu 20 yoşli futbolçi klub bazasida bölgan va klubdagi ilk intervyusini bergan.
«Men «Barselona»da öynaşimdan juda mamnunman. Hamişa «Barselona»da öynaşni istardim, bolalikdagi orzum uşalganidan juda ham xursandman. Men dunyoning eng kuçli klubidaman, bu klubda eng yaxşi futbolçilar öynaydi. Mening maqsadim bor kuçimni şu klub uçun sarflaş va jamoa bilan yutuqlarga erişiş», — deya Dembelening sözlarini keltirgan kataloniyaliklar klubi rasmiy sayti.
«Barselona» uşbu futbolçi uçun «Borussiya»ga 105 million yevro töladi, bu miqdor turli bonuslar hisobiga yana 40 million yevroga ortişi mumkin.
Dembele bugun katalonlar klubi bilan 5 yillik şartnoma imzolaşi kutilmoqda, uning badal puli miqdori 400 mln yevro etib belgilanadi.











