Sentyabr oyida taqdim etilişi kutilayotgan iOS operatsion tizimining yangi, 11-versiyasi 180 ming ilovaga töğri kelmaydi. Bu Apple kompaniyasining 32 bitli protsessor uçun yozilgan softni qöllab-quvvatlaşdan töliq voz keçişi bilan boğliq. Business Insider şu haqida ma'lum qildi. 

Sensor Tower tahlil kompaniyasining hammuassisi Oliver Yyening sözlariga köra, App Store'da 187 mingga yaqin 32 bitli dasturlar yoxud barça "ayfon" ilovalarining taxminan 8 foizi joylaştirilgan. Eskirgan softning töliq röyxatini tuzişning iloji yöq, biroq kuz oylaridan yangilangan i-qurilmalarda video yozuvçi YouTube Capture, iSpadez karta öyini, Neo Nectaris harbiy strategiyasi va Infinity Blade sleşeri kabi dasturlar işlaşdan töxtaydi. 

iOS 11 tomonidan qöllab-quvvatlanmaydigan ilovalarning aksariyati (38 619) - öyinlar. "Ayfon"dagi qaysi dasturlar 32 bitli ekanini biliş uçun qurilma sozlamalariga kirib, "Asosiylari" - "Bu qurilma haqida"ga ötiş kerak va "Dasturlar" punktini bosiş kerak. Agar barça ilovalar 64 bitli bölsa, ulargda heç qanday özgariş bölmaydi. 

Ta'kidlaş joizki, Apple 2013 yildan buyon, iPhone 5s smartfoni relizidan keyin 64 bitli dasturlarni qöllab-quvvatlab keladi. 2015 yilning fevralidan kompaniya barça yangi dasturlar 64 bitli çiplarga muvofiq bölişini talab qiladi. 

iOS 11 OTning çiqiş sanasi e'lon qilinadigan Apple taqdimoti 12 sentabrda bölib ötişi kutilmoqda. "Olma" kompaniyasi navbatdagi taqdimotida uç smartfonni namoyiş etadi: iPhone 7s va 7s Plus'ning takomillaşgan modellari, şuningdek iPhone 8. Bundan taşqari LTE-tarmoqlarni qöllab-quvvatlovçi Apple Watch "aqlli" soatlarining yangi versiyasi hamda 4K kontentli Apple TV yangi avlod telepristavkasi namoyişi kutilmoqda.