Ixçam planşet ilk bor Super Retina XDR OLED-ekrani bilan jihozlandi. Ramkaning qisqarişi hisobiga displey diagonali 8,3 dyuymdan 8,5 dyuymgaça kattalaşdi. U yanada töyingan qora rang, yuqori kontrast va 1200 nitgaça bölgan maksimal yorqinlikni taʼminlaydi - bu avvalgi modelga qaraganda ikki barobar köpdir.

Apple yoruğlik kuçli bölganda şuʼlalarni kamaytiradigan nanoteksturali qoplamaga ega versiyani ham közda tutgan. Ekranning minimal yorqinligi atigi 1 nitni taşkil etadi, bu esa qoronğida planşetdan foydalanişni yanada qulaylaştirişi kerak. Şu bilan birga, ekranning yangilaniş çastotasi özgarişsiz - 60 Gs darajasida qoldi.
iPad Mini korpusi yanada yupqalaşib, atigi 5,4 mm ni taşkil etdi. Şuningdek, planşet IP67 standarti böyiça suv va çangdan himoyaga ega böldi, ilgari heç bir iPad bunday körsatkiç bilan maqtana olmas edi. Bunga «akustik displey» - dinamiklarning ekran içiga örnatilişi evaziga erişildi.

Planşet asosini 2 nanometrli texnologik jarayon böyiça işlab çiqarilgan yangi A20 Pro protsessori taşkil etadi - xuddi şunday çip iPhone 18 Pröga ham örnatilgan. Apple maʼlumotlariga köra, u grafik vazifalar va sunʼiy intellekt bilan işlaşda samaradorlikning sezilarli darajada oşişini taʼminlaydi. Planşet iPadOS 27 boşqaruvi ostida işlaydi hamda Apple Intelligence va Siri’ni qöllab-quvvatlaydi.
Şuningdek, Apple 12 megapikselli Center Stage old kamerasini korpusning uzun tomoniga köçirdi. Bunday joylaşuv gorizontal holatdagi videoqönğiroqlar va konferensiyalar uçun ança qulaydir. Bundan taşqari, planşet suratga oliş va hujjatlarni skanerlaş sifatini yaxşilaydigan moslaşuvçan True Tone çaqnoğiga ega böldi.
Oldindan buyurtmalar 28-oktabrdan qabul qilinadi, sotuvlar esa 6-noyabrdan boşlanadi. Qurilma uç xil xotira hajmida taqdim etiladi: 128, 256 va 512 GB. Texnik xususiyatlar bilan birga narx ham oşdi: iPad Mini 699 dollar turadi. Nanoteksturali qoplamaga ega versiya qimmatroq bölib, uning narxi 849 dollardan boşlanadi. Avvalgi avloddan farqli ölaroq, ranglar atigi ikkita: tillarang va kulrang.

















