Yangi öquv mavsumining boşida turar ekanmiz, ota-ona va öquvçilarni, kezi kelsa, öqituvçilarni ham bir muammo qiynaydi: metallolom topşiriş atalmiş majburiyat va u bajarilmagan holatda belgilangan summani tölaş. Kun.uz muxbiri uşbu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Xalq ta'limi vazirligining rasmiy vakili bilan boğlandi.

«Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umumiy örta ta'lim maktablari uçun metallolom topşiriş rejasi belgilanmaydi. Şunindek, Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 13 iyundagi «Xalq ta'limi muassasasining Vasiylik kengaşi töğrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlaş haqida»gi 185-sonli buyruği bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 3 iyulda röyxatdan ötkazilgan 2377-sonli namunaviy nizomning 24-bandiga asosan ta'lim muassasasida öquvçilar (tarbiyalanuvçilar) va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari)dan turli xil sabablar bilan ta'lim muassasasi rahbariyati va boşqa xodimlari (sinf rahbarlari, öqituvçilar, tarbiyaçi, tarbiyaçi-yordamçilar va tögarak rahbarlari) tomonidan pul mablağlarini yiğiş qat'iyan taqiqlanadi», deydi vazirlik boşqarma boşliği Farhod Uzoqov.

Bundan taşqari, vazirlik tizimidagi ta'lim muassasalarida 18 yoşgaça öquvçi (tarbiyalanuvçi)lar ta'lim-tarbiya olişlari sababli, ularni metallolom yiğib topşirişga jalb etilişi «Bolalar huquqlari töğrisida»gi Konventsiyaning 32-moddasiga ziddir.

Bundan kelib çiqadiki, qonunda nazarda tutilmagan holat böyiça maktab ma'muriyati öquvçi yoki uning ota-onasidan pul tölovlarini talab qilişi taqiqlangan. Şuningdek, öquvçining metallolom yiğib, topşirişini talab qiliş xalqaro huquq normalarining buzilişi bilan belgilanib, bolani majburiy mehnatga jalb etiş sifatida baholanadi.