Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida avtomaşinani olib qoçib, uni metallolomga topşirib yuborgan şaxs uşlandi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, voqea 30 martdan 31 martga ötar keçasi yuz bergan. Yuqori Çirçiq tumani Bunyodkor köçasida yaşovçi 27 yoşli T.B. 69 yoşli S.S.ga tegişli «VAZ-2101» rusumli avtomaşinasini uyining oldida, eşiklarini oçiq va kalitini öt oldiriş joyida qoldirgan. Bundan foydalangan noma’lum şaxs uni olib qoçib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqori Çirçiq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan noma’lum şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur jinoyatni 20 yoşli R.M. sodir etgani, davlat raqam belgilarini yeçib, Yuqori Çirçiq tumani Farovon mahallasida joylaşgan xonadonga olib borib, 2 million söm pul evaziga metallolom sifatida sotib yuborgani aniqlangan.
Mazkur xonadon közdan keçirilganda, jabrlanuvçiga tegişli avtomaşina qismlarga bölingan holatda aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.


Hozirda gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.












