Prezident qaroriga köra, 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab ta'lim va tibbiyot sohasi xodimlarini metallomlar va qora metallar çiqiti yiğişga jalb etiş taqiqlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 18 dekabrda qabul qilgan, «2018 yilda metalllom tayyorlaş, qora metall prokatini işlab çiqiş va iste'mol qiliş töğrisida»gi Qarori bilan, tibbiyot xodimlari va maktab öquvçilarini metallolom yiğişga jalb etiş taqiqlandi.
Uşbu qaror 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab kuçga kiradi.
Şuningdek, mazkur hujjatda «Özmetkombinat» tomonidan işlab çiqilgan qora metall prokatini sotiş, faqat birja orqali amalga oşirilişi belgilab qöyilgan.
2018 yildan boşlab korxonalarning bankrotlik, tugatiliş, rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş davrida hisobdan çiqarilayotgan ma'naviy eskirgan uskuna va metall konstruksiyalari lom va qora metallarning çiqiti sifatida şartnoma asosida «Özmetkombinat» AJga erkin (şartnoma) narxlarida majburiy topşirilişi belgilab qöyilmoqda.
Bundan taşqari, metallurgiya sohasida qora prokat işlab çiqariş uçun xom aşyo olib kiruvçi xöjalik sub'yektlari, 2019 yilning 1 yanvarigaça bojxona soliqlaridan ozod qilinadi.











