Şavkat Mirziyoyev 26 may kuni poytaxtning Şayxontohur tumanidagi «Suzuk ota» maqbarasi va jome' masjidida bölganida mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qiliş, atrofini obodonlaştiriş böyiça topşiriqlar bergandi. 

Keça Şayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” jome masjidining birinçi ğişti qöyildi. Bu istiqlolning 26 yillik bayrami arafasida xalqimizga ajoyib tuhfa böldi, deb xabar bermoqda Özbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy sayti.

Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bölib, 1140 yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Huştojning kenja öğli bölgan. Bolalik çoğida bobosi u kişini erkalab «Mening suzigim (suyukligim), xuş keldingiz!», degani bois atrofdagilar ham uni şu ism bilan çaqira boşlagan. Suzuk ota yuzlab şogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga örgatgan. 1363-1364 yillarda Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan.