Özbekiston Pençak-Silat federatsiyasi va qator hamkor taşkilotlar kömagida 9 sentabr kuni Toşkentning “Bunyodkor” stadionida Mikst-silat böyiça “Asian FIGHT-2017” xalqaro turniri bölib ötişi haqida avval xabar berilgan edi.
Şu munosabat bilan Alişer Navoiy nomidagi milliy kutubxonada taşkilotçilar va turnirda iştirok etuvçi sport ustalari iştirokida OAV vakillari uçun matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar qildi.
Ma'lum qilinişiça, xalqaro turnirda 9 nafar özbekistonlik aralaş janglar ustalari 9 sentabrda 8 mamlakatdan kelgan 9 nafar jangçiga qarşi kuç sinaşadi. Bahslar 6 burçakli ringda bölib ötadi. Unda 57 kgdan +115 kg vazn toifasidagi sportçilar ringga kötarilişadi.
Musobaqa mavqeini kötariş, mazkur sport turini özbekistonda ham rivojlantiriş va dunyo sport muxlislarining diqqatini Özbekistonga qaratiş maqsadida jahon kinosi yulduzi va jang san'ati ustasi Jan Klod Van Damm, sport ustasi Jyef Monson va boşqalar taklif etilgan. Uşbu mehmonlar iştirokida alohida dasturlar va mahorat darslari ötkazilişi rejalaştirilgan. Şu bilan birga, jahonning turli nufuzli yakkakuraş federatsiyalarining yuqori rahbariyatlari vakillari ham faxriy mehmonlar safidan joy oladi.
Bundan taşqari, taşkilotçilar ajoyib sport va şou keçasi bölişiga va'da berişar ekan, Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston va Tojikiston estrada guruhlari tomoşabinlar oldida çiqiş qilişlarini ham ma'lum qilişdi.
















