Özbekiston Pençak-Silat federatsiyasi va qator hamkor taşkilotlar kömagida 9 sentabr kuni Toşkentning “Bunyodkor” stadionida Mikst-silat böyiça “Asian FIGHT-2017” xalqaro turniri bölib ötişi haqida avval xabar berilgandi. 

Unda jahon kino yulduzi va jang san'ati ustasi Jan Klod Van Damm, sport ustasi Jyef Monson va boşqalar faxriy mehmonlar sifatida iştirok etadi hamda ular alohida dasturlar, mahorat darslari ham ötkazişadi. 

Bundan taşqari, taşkilotçilar ajoyib sport va şou keçasi bölişiga va'da berişmoqda. 6 burçakli ringda 9 nafar özbekistonlik aralaş janglar ustalari 8 mamlakatdan kelgan 9 nafar jangçiga qarşi kuç sinaşadigan musobaqada Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston va Tojikiston estrada guruhlari tomoşabinlar oldida çiqiş qilişadi. 

Turnir matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, ayni vaqtda, uşbu turnirni bevosita “Bunyodkor” stadionida tomoşa qilişni istaganlar öyingoh kassalaridan çiptalarni xarid qilişlari mumkin. Çiptalar narxi 50 ming sömdan 300 ming sömgaça.