Özbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 29 avgust kuni "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boşqariş tizimlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda Özbekiston24 telekanali saytida xabar berildi.

Qaror asosida "Uzinfocom" Markazi negizida davlat axborot tizimlarini yaratiş va qöllab-quvvatlaşni amalga oşiruvçi Yagona integrator taşkil qilindi. Yagona integrator quyidagi vazifalarni amalga oşiradi:

- iqtisodiyot sohalari uçun "elektron hukumat" va axborot texnologiyalari mahsulotlarini işlab çiqiş va joriy qiliş, axborot tizimlari hamda resurslarini integratsiya qiliş, apparat-dasturiy ta'minot vositalari kompleksini yaratiş, şuningdek tegişli loyiha va hujjatlarni tayyorlaş; 

- aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga elektron davlat xizmatlarini körsatiş sifatini takomillaştiriş yuzasidan kompleks çoralarni işlab çiqiş;

- iqtisodiyot sohalariga "elektron hukumat" tizimlari va axborot texnologiyalarini tatbiq qiliş jarayonlariga mahalliy dasturiy ta'minot vositalari işlab çiqaruvçilarini tizimli ravişda jalb etgan holda, milliy AKT va dasturiy ta'minot sanoatini rivojlantirişda iştirok etiş;

- "elektron hukumat" tizimi infratuzilmasining, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, davlat muassasalari va taşkilotlarining axborot tizimlari, resurslari va dasturiy ta'minot vositalarini  texnologik jihatdan xavfsizligini ta'minlaş çoralarini köriş;

- davlat organlari va ularning tizimidagi muassasalarning, jumladan Özbekiston Respublikasi Loyiha boşqaruvining yagona milliy axborot tizimi faoliyati doirasida axborot tizimlarini, idoralararo elektron hamkorlik va ma'lumot almaşiş tarmoqlarini joriy qiliş;

- xalqaro standartlarga javob beruvçi yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar va mahsulotlar sonini oşiriş orqali milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy ta'minot bozorini rivojlantirişda iştirok etiş.

Yagona integratorga telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritiş va öquv kurslarini talab qilinadigan litsenziya va boşqa turdagi ruxsat beruvçi xususiyatidagi hujjatlarsiz, şu bilan birga qonunçilikda közda tutilgan talab va şartlarni inobatga olgan holda, amalga oşirişga ruxsat beriladi. Şuningdek, unga pudratçi va sub-pudratçi sifatida, eng yaxşi takliflar asosida xöjalik sub'yektlari bilan loyihalar va texnik hujjatlar, axborot tizimlari hamda resurslari, dasturiy ta'minot vositalarini tayyorlaş böyiça şartnoma tuzişga ham ruxsat beriladi.