Joriy yilning 30 avgust kuni Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Yuqoriçirçiq tumani “Istiqbol” mahalla fuqarolar yiğini raisi Ğ.X. fuqaro D.K.dan 500 ming söm miqdorida pora olayotgan vaqtda uşlandi. Bu haqda Toşkent viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.
Muqaddam D.K. prokuratura organlariga ariza bilan murojaat qilib, qonuniy ajraşiş uçun fuqarolik sudiga taqdim etişi kerak bölgan ayrim hujjatlarni tayyorlab beriş evaziga “Istiqbol” mahallasi raisi Ğ.X. undan pora talab qilayotganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari Yuqoriçirçiq tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.







