AQŞ fuqarosi Elizabet Rayhert Germaniyaning Kyoln şahri hayvonot boğiga 22 mln dollar mablağni xayriya qildi. Bu haqda Koelner Stadt-Anzeiger gazetasi xabar bergan.
Rayhertlar oilasi Germaniyadan Qöşma Ştatlarga Ikkinçi jahon uruşidan söng köçib ketgan. Naşr ma'lumotlariga köra, 2015 yilda Elizabet hayvonot boği direktoriga xayriya haqida elektron maktub yöllagan. Keyinçalik 93 yoşli Elizabet boğning bankdagi hisob raqamiga har oyda 6 ming yevrodan pul ötkazib turgan.
Elizabetning tuşuntirişiça, hayvonot boğiga mablağ yuboriş haqidagi ğoya 1998 yilda vafot etgan turmuş örtoği Arnulfga tegişli bölgan. Ayolning aytişiça, Kyoln uçun hayvonot boği Kyoln ibodatxonasi kabi maşhur joydir. "Umid qilamanki, Kyolnga bu yoqadi... Biz uni heç qaçon unutmaganmiz", - deya ta'kidlab ötdi ayol.













