31 avgust kuni poytaxtimizdagi Xalqaro forumlar saroyida Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma olti yilliga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Unda Prezident Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.

«Assalomu alaykum, aziz vatandoşlar!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalambor, mana şunday qutluğ kunda siz, azizlarni va butun xalqimizni eng uluğ va eng aziz bayramimiz — Mustaqillik kuni bilan çin qalbimdan samimiy tabriklab, özimning eng ezgu tilaklarimni bildirişga ruxsat bergaysiz.

Bundan roppa-rosa yigirma olti yil muqaddam Birinçi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abduğaniyeviç Karimov Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi.

Şu kundan e'tiboran jahon xaritasida yangi mustaqil va suveren davlat — Özbekiston Respublikasi paydo böldi.

Jonajon Vatanimizning köp ming yillik tarixida yangi davr — erkinlik va ozodlik, milliy tiklaniş va taraqqiyot davri boşlandi.

Biz bugun xalqimizning xohiş-irodasi bilan tanlab olgan, istiqlol yillarida bosib ötgan oğir va maşaqqatli, şu bilan birga, ğoyat şarafli yölimizni sarhisob qilar ekanmiz, tarixan qisqa bir davrda öz taqdirimizni özimiz hal etiş, jahon hamjamiyatida munosib örin egallaş, milliy davlatçiligimizni, azaliy qadriyat va urf-odatlarimizni, muqaddas dinimizni tiklaş, inson huquq va erkinliklarini ta'minlaş borasida ulkan yutuq va marralarni qölga kiritganimizni faxr bilan tilga olamiz.

Albatta, uşbu yutuqlarning qölga kiritilişida Birinçi Prezidentimiz Islom Abduğaniyeviç Karimovning tarixiy xizmatlari beqiyos bölganini bugun barçamiz, butun xalqimiz takroran esga olişimiz tabiiydir.

Bugun azim poytaxtimiz Toşkent şahrida, Oqsaroy qarorgohi oldida Islom Abduğaniyeviçning haykalini oçdik. 2 sentabr kuni esa Islom aka tuğilib voyaga yetgan Samarqand şahrida u kişining haykali oçiladi.

Nasib etsa, 2018 yil 30 yanvarda — u kişi tuğilgan kunga 80 yil töladigan sanada Qarşi şahrida Birinçi Prezidentimizga haykal örnatiş, Samarqand şahrida yodgorlik majmuasi barpo etiş işlarini töla yakuniga yetkazib, ularning ham tantanali oçiliş marosimlarini ötkazamiz.

Bugun barçamiz bir fikrda yakdilmiz: Birinçi Prezidentimizning Vatan va davlat oldidagi buyuk tarixiy xizmatlari, sönmas xotirasi xalqimiz qalbida abadiy yaşaydi.