Hamburgda davom etayotgan boks böyiça jahon çempionatida Özbekiston vakillaridan yana biri yarim final jangini ötkazdi.
Oğir vaznda (91 kg.) iştirok etayotgan Sanjar Tursunov yarim finalda Olimpiada va jahon çempioni, rossiyalik Yevgeniy Tişçenkoga qarşi ringga çiqdi.

19 yoşli sportçi özidan böy jihatdan baland bölgan raqibga bir neçta kuçli zarbalar berdi. Ammo hakamlarning barçasi ğalabani Rossiya vakiliga taqdim etişdi — 27:30, 27:30, 27:30, 27:30, 28:29.

Şu tariqa, ilk marta JÇda iştirok etgan Sanjar Tursunov bronza medal bilan kifoyalanadigan böldi.








