Germaniyaning Hamburg şahrida ötayotgan AIBA şafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta taşkillaştiriladigan boks böyiça jahon çempionatining yarimfinal uçraşuvlari vakillarimiz uçun yakunlandi.
52 kg.gaça bölgan yarimfinal janglarida hamyurtimiz Jasurbek Latipov janubiy koreyalik Kim In-Kyuga qarşi ringga kötarildi va 5:0 hisobida ğalaba qozonib, finalga yöl olganini xabar bergan edik.
69 kg.ga bölgan vazn toifasida ötgan yarimfinal uçraşuvida esa Şahram Ğiyosov qozoğistonlik Ablayxan Jussupovni yengib, qarşi ringga çiqdi. Şahramning töliq ustunligi ostida ötgan jangda u 4:1 hisobida ğalaba qozondi.
81 kg.gaça bölgan vaznli boksçilar örtasida bölib ötgan yarimfinal uçraşuvida Bektemir Meliqöziyev irlandiyalik Joi Uordga qarşi ringga çiqdi va jangni kötarinki ruhda ötkazganiga qaramasdan, hakamlarning qarori bilan ğalaba irlandiyalik boksçiga berildi. Bektemir Meliqöziyev jahon çempionatining bronza medali bilan kifoyalanadigan böldi.



Hozirning özida vakillarimiz qatnaşgan barça jahon çempionatlari tarixidagi eng yaxşi natija qayd etib bölindi. Özbekistondan heç qaçon tört boksçi finalda iştirok etmagan. Endi finalçilarimizdan oltin medalni qölga kiritişlarini sörab, ularga omad tilab qolamiz.







