Germaniyaning Hamburg şahrida ötayotgan AIBA şafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta taşkillaştiriladigan boks böyiça jahon çempionatining yarimfinal uçraşuvlari ikkinçi kuni boşlandi.

52 kg.gaça bölgan yarimfinal janglarida hamyurtimiz Jasurbek Latipov janubiy koreyalik Kim In-Kyuga qarşi ringga kötarildi va 5:0 hisobida ğalaba qozondi.

Narigi yarimfinal juftligida kubalik Yosvani Veitia rossiyalik Tamir Galanovni 3:2 hisobida mağlubiyatga uçratib, finalga yöl oldi.

Demak, 2 sentabr kuni Jasurbek Latipov – Yosvani Veitia iştirokidagi final jangiga guvoh bölamiz.

Bugun bizni hamyurtlarimiz iştirokida yana ikki yarimfinal jangi kutib turibdi:

69 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:00

Şahram Ğiyosov (Özbekiston) - Ablayxan Jussupov (Qozoğiston)

Narigi juftlik:

Abbas Barau (Germaniya) - Roinel Iglesias (Kuba)

81 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:45

Bektemir Meliqöziyev (Özbekiston) - Joi Uord (Irlandiya)

Narigi juftlik:

Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - Karlos Andres Mina (Ekvador)