Germaniyaning Hamburg şahrida ötayotgan AIBA şafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta taşkillaştiriladigan boks böyiça jahon çempionatining yarimfinal uçraşuvlari ikkinçi kuni boşlandi.

52 kg.gaça bölgan yarimfinal janglarida hamyurtimiz Jasurbek Latipov janubiy koreyalik  Kim In-Kyuga qarşi ringga kötarildi va 5:0 hisobida ğalaba qozonib, finalga yöl olganini xabar bergan edik.

69 kg.ga bölgan vazn toifasida yarimfinal uçraşuvida Şahram Ğiyosov qozoğistonlik Ablayxan Jussupovga qarşi ringga çiqdi. Şahramning töliq ustunligi ostida ötgan jang uning 4:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Şahram ertaga ikkinçi yarimfinal juftligi — Abbas Barau (Germaniya) - Roinel Iglesias (Kuba) ğolibi bilan final jangida ringga kötariladi.

Bugun bizni Bektemir Meliqöziyev iştirokida yana bir jang kutib turibdi:

81 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:45

Bektemir Meliqöziyev (Özbekiston) - Joi Uord (Irlandiya)

Narigi juftlik:

Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - Karlos Andres Mina (Ekvador)