Özbekiston umumta'lim maktablarining birinçi sinflarida 650 mingdan ziyod bola ta'lim olişni boşladi. 2 sentabr kuni mamlakatdagi barça maktablarda Bilimlar kuni tadbirlari bölib ötdi.
Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, har bir birinçi sinf öquvçisiga 12 nomdagi öquv qurollaridan iborat «Prezident sovğasi» tantanali ravişda topşirilgan.
Yangi öquv yilining ilk soatlari «Mustaqillik darslari» hamda Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovga bağişlangan «Xotira darslari» bilan boşlandi.
Joriy yilda Özbekiston maktablarida 10-sinflar qayta tiklandi. Ular uçun 12ta fan öqitilişi nazarda tutilgan öquv reja va dasturlari işlab çiqilib, ular asosida 18 nomdagi darsliklar tayyorlangan.
Yangidan işlab çiqilgan davlat ta'lim standartlari asosida umumta'lim maktablarining 1-, 4-, 6-, 7-, 10-sinflari öquvçilari uçun 43,9 mln. nusxa darslik va öquv-metodik qöllanmalar çop etilib, ta'lim muassasalariga yetkazildi.
Axborot-resurs markazlari va umumta'lim maktablari kutubxonalarini boyitiş maqsadida 28 nomdagi jami 1,2 mln nusxa lotin grafikasi asosida yaratilgan özbek va çet el yozuvçilarining badiiy adabiyotlari axborot-resurs markazlari va umumta'lim maktablari kutubxonalariga yetkazib berildi.
2017 yilda respublika böyiça 482ta maktabda quriliş-ta'mirlaş işlari amalga oşirildi. Şundan 12tasi yangidan qurib foydalanişga topşirilgan bölsa, 319tasi rekonstruksiya qilindi, 151tasi kapital ta'mirlandi.

















