Özbekistondagi barça umumta'lim maktablarida yangi öquv yili odatdagi kabi 2 sentabr, şanba kuni boşlanadi. Bu ma'lumotni Kun.uz muxbiriga Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati tasdiqladi.
Şu tariqa, bungaça ayrim naşrlarda yangi öquv yili 4 sentabr, duşanba kuni boşlanişi haqidagi xabarlar rasman inkor etildi.
Eslatib ötamiz, ötgan yili, 2016/2017 öquv yili 4 sentabr, yakşanba kunidan boşlangandi. Öşanda bunga Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma beş yilligi nişonlanişi munosabati bilan dam oliş kunini köçiriş töğrisidagi prezident qarori sabab bölgandi.

















