“Boko harom” terrorchilik guruhi jangarilari Nigeriyaning Banki aholi punkti aholisiga pichoqlar bilan hujum qilishdi. Hujum oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, hujum 1 sentabr kechasi sodir etilgan. 

Ta'kidlanishicha, oxirgi vaqtda Nigeriya shimoli-sharqida hujumlar soni ko‘paygan. Ular oqibatida 1 iyundan to hozirgacha kamida 172 kishi o‘ldirilgan.