Rossiya armiyasining Şarqiy harbiy okrugi ekologiik vzvodi Arktikaning Vrangel orolida 310 tonna temir-tersak yiğdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"ŞHO ekologik vzvodi harbiy xizmatçilari Vrangel orolida 310 tonna temir-tersak yiğib, quruqlikka yuborişga tayyorlab qöydi. Bölinmaning yanada samarali faoliyat yuritişi uçun ob-havo şaroiti yaxşilansa, Anadir aeroportidan Vrangel oroliga ikkita presslovçi va kesuvçi uskuna ortilgan vertolyot yuboriladi", — deyiladi xabarda.

Ta'kidlanişiça, harbiy xizmatçilar presslovçi uskunalar, generatorlar, benzinli arralar, "Ural" bort maşinalari, "KamAZ" samosvallari, avtomobil krani va 20 funtli konteynerlardan foydalanmoqda. Harbiy ekologlar oktabr oyigaça 600 tonnaga yaqin yoqilği-moylaş materiallaridan qolgan boçkalarni presslaşni rejalaştirmoqda.