DW naşrining yozişiça, Çernixiv markaziga «Banderol» (S8000) öq-dorisi bilan zarba berilgan. U qanotli raketa va reaktiv hujumkor dron xususiyatlarini birlaştirgan kiçik ölçamli qurol sifatida taʼriflangan.
Çernixiv viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Vyaçeslav Çausning maʼlum qilişiça, jarohatlanganlar orasida tört nafar bola bor. Ular - 10 oylik çaqaloq qiz, 10 yoşli qiz hamda 16 va 17 yoşli öğil bolalar.
«Ikki bola - aka-singil oğir ahvolda. Hozir jami sakkiz kişi şifoxonalarda. Qolganlarga voqea joyida tibbiy yordam körsatilgan yoki ular ambulator davolanmoqda», - deb yozgan Çaus Telegram’da.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati zarba oddiy köçaga berilgani, uylar, dökonlar va avtomobillar şikastlanganini bildirgan. Xizmat bayonotida hujumning «heç qanday harbiy maʼnosi yöq»ligi taʼkidlangan.
Çernixivda 30-oktabr motam kuni deb eʼlon qilingan.
29-oktabr kuni Dnipro şahridagi temiryöl vokzali ham dron hujumiga uçragan. Zarba oqibatida kamida 14 kişi halok bölgan, yana 14 kişi jarohatlangan.
Ukraina qutqaruv xizmatining maʼlumotlariga köra, şu kuni Kremençugga berilgan zarbada uç kişi hayotdan köz yumgan, yana 25 kişi jabrlangan.
Zaporijjyada esa 41 va 66 yoşli ikki erkak jarohatlangan. Ularga tibbiy yordam körsatilgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati hujumlar oqibatida törtta yengil avtomobil va oçiq maydonda yonğin çiqqanini bildirgan. Şuningdek, ombor binosi, törtta avtomobil va törtta avtobus şikastlangani xabar qilingan.
29-oktabr oqşomida Xarkivning Slobodsk tumaniga ham zarba berilgan. Qutqaruvçilarning maʼlum qilişiça, portlaşdan keyin işlab çiqariş binosi va unga tutaş hududda yonğin çiqqan. Yonğinning umumiy maydoni 400 kvadrat metrni taşkil etgan.
Boşqa bir joyda turli materiallar qoldiqlari 80 kvadrat metr maydonda yongan. Ikkita yuk avtomobili ham şikastlangan. Işlab çiqariş binosida aynan nima saqlangani va yonğinning aniq sababi oçiqlanmagan. Xarkiv meri Igor Terexov tumanga «Banderol» öq-dorisi bilan zarba berilganini maʼlum qilgan.
Kiev meri Vitaliy Kliçkoning bildirişiça, 29-oktabr keçqurun poytaxtga ballistik raketa bilan hujum qilingan. Darnitsa tumanidagi ombor binolariga zarba tegib, yonğin çiqqan.

















