Rio Olimpiadasi çempioni hisoblangan Hasanboy Dösmatov Germaniyada davom etayotgan boks böyiça jahon çempionati finalida imkoniyatni boy berdi. U finalda kubalik raqibi Yoannis Argilagosga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bungaça Hasanboy Dösmatovni deyarli barça janglarda ğolib sifatida körişga örganib qolgan muxlislar uning nohaq mağlubiyatini qabul qila olişmayapti. Internetda bu vaziyatga qarşi petitsiya ham boşlandi.
Taqdir zarbalarini mardlik kunpayakun qiladi (Demokrit)
Döstim, omonmisiz? Sizni döst ataşga jazm etdim. Sababi, uşoqdek gavda bilan butun dunyo bolalari, jumladan mening farzandimning ham qahramoniga aylangan insonni özimga rafiq deb bilişim mumkin bölsa kerak.
Ötgan yili Rio olimpiadasidan keyin, özbekning millionlab bolalari közida uçqun körganmiz. Bu Hasanboy va uning döstlari yoqqan alangadan çöğ olgan yuraklarning oçundagi aksi edi. Yurt bayroği ostida töqqiz daqiqalik janglarning hosilasi – butun bir millat ruhiyatini köklarga kötarişda namoyon bölsa, ne ajab..
Keksalar va yoşlarning tilida bir gap aylangandi, öşanda - «Bölar ekanku?». Nega bölmasin? Dunyoda imkoniyatsiz iş yöq. Qarangki, özbekning çekka qişloği bir çetida ulğaygan yigit sport olamiga dars berişi mumkin ekan. Siz buni isbotladingiz. Mana endi qöliga yaxşi niyat bilan qölqop kiygan ön minglab farzandlarimiz: «Hasanboy, Şahram va Fazliddinning yölini bersin», degan duoni olişyapti.
Qadimda mamlakatlar bir-biriga öz qudratini körsatiş uçun uruşlar qilardi. Hozir insoniyat harqalay ança kamolotga erişgan. Endi, öşa kuçli ekanligini körsatuvçi bellaşuvlar, sport maydonlari, ring, tatami va fan köçalariga köçgan. «Davlating kuçli va salohiyatlimi? Ana sportda, ilmda isbotla». Bilamiz, jangda hiyla işlatadilar. Balki, öşa joyda kimningdir manfaati rol öynagandir. Bunisi endi bizga qoronğu.
«Özingniki, özingga oy körinadi». Keça atay, jangni qöşni davlat televideniyasi orqali kördik. Çet el şarhlovçisi ham har bir harakatingizni alqab, qoyil qolib: «Buyuk boksçi mana bunday böladi», «Undan faqat örganiş mumkin», deb turgandi. Hakamlar yakunni e'lon qilganida uning qanday taajjubga tuşganini söz bilan ifoda etolmayman. Natijaga raqib murabbiylarining ham hayron qolganiga guvoh böldik.
Lekin, Hasanboy - boksçi sifatida oriyatli, hamiyatli, sport medallariga «közi töq atlet» qanday bölişini namoyon qildi. Jirillamadi, fiğon çekmadi. Çunki, kim yutganini butun dunyo ahli körib turgan edi-da! Mana şu vaziyatda özingizni xotirjam tutişingiz ham boşqalarga, yoşlarimizga saboq böldi.








