Germaniyaning Hamburg şahrida AIBA şafeligi ostida ötayotgan boks böyiça jahon çempionatining final uçraşuvlari davom etmoqda.

Ma'lumki, vakillarimizdan tört boksçi finalga yöl olgan va ularning hammasi kubalik boksçilarga qarşi jang ötkazişmoqda.

64 kg.gaça vaznga ega boksçilar finalida Iqboljon Xoldorov ham kubalik Andi Kruz Gomesga qarşi ringga çiqdi va hakamlar quygan ballarga köra 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. U terma jamoa hisobiga uçinçi kumuş medalni olib keldi.

Oldinroq 46–49 kg vazn toifasidagi boksçilar örtasida bölib dastlabki jangda Hasanboy Dösmatov kubalik Joanis Argilagosga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berib, kumuş medal egasiga aylangan edi.

52 kg.gaça bölgan vazn toifasida esa eng tajribali boksçilarimizdan biri Jasurbek Latipov kubalik Yosbani Veitiaga qarşi ringga kötarilib, 0:5 hisobida yutqazdi.

Bizni endi 69 kg. vazn toifasidagi boksçilar jangida yana bir vakilimizning jangi kutmoqda.

Şahram ĞIYoSOV (Özbekiston) - Roniel IGLeSIAS GOMeS (Kuba)