Germaniyaning Hamburg şahrida AIBA şafeligi ostida ötayotgan boks böyiça jahon çempionatining final uçraşuvlari boşlandi.

Ma'lumki, vakillarimizdan tört boksçi finalga yöl olgan va ularning hammasi kubalik boksçilarga qarşi jang ötkazişmoqda.

Oldinroq 46–49 kg vazn toifasidagi boksçilar örtasida bölib dastlabki jangda Hasanboy Dösmatov kubalik Joanis Argilagosga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, kumuş medal egasiga aylangan edi.

52 kg.gaça bölgan vazn toifasida eng tajribali boksçilarimizdan biri Jasurbek Latipov kubalik Yosbani Veitiaga qarşi ringga kötarildi. Uçinçi raundda kutilmaganda Jasurbek zarba ötkazib yubordi hamda nokdaun holatiga tuşdi. Bu esa öyin taqdiriga keskin ta'sirini ötkazdi. Oqibatda barça hakamlarning oçkosi 5:0 hisobida Veitiaga nasib etdi. Dastlabki ikki raund teng kuraşlar ostida keçganini qayd etiş joiz.

Bizni yana vakillarimiz iştirokidagi ikkita final jangi kutib turibdi.

64 kg. Final. 22:20:

Iqboljon XOLDOROV (Özbekiston) - Andi KRUZ GOMeS (Kuba)

69 kg. Final. 22:40:

Şahram ĞIYoSOV (Özbekiston) - Roniel IGLeSIAS GOMeS (Kuba)