Xitoyning janub-şarqida ötkazilayotgan BRICS sammitining birinçi iş kunida Xitoy Savdo vazirining birinçi örinbosari iştirokçilarning yiğilişida savdo proteksionizm siyosatiga qarşi çoralar körilişini ma'lum qildi.
Rossiya, Braziliya, Hindiston, JAR va Xitoy davlat rahbarlari kelgusi seşanba kuni Xitoyning Ciamen şahrida yiğilişi rejalaştirilgan. Bu Xitoyga mezbon sifatida AQŞ prezidenti Donald Tramp ilgari surayotgan "Amerika birinçi” siyosatiga qarşi tura oliş imkoniyatini taqdim etadi.
Şuningdek, BRICS yetakçilari safiga Tailand, Meksika, Misr, Gvineya va Tojikiston rahbarlari ham kuzatuvçi maqomida qöşilişi kutilmoqda. Mustaqil mutaxassislarning fikriça, "BRICS Plus” körinişida ötadigan sammit yiğilişida taşkilotga yangi a'zolar qabul qilinişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Trans-Atlantik savdo şartnomasidan voz keçgan yangi AQŞ hukumati endilikda 23 yillik tarixga ega NAFTA taşkilotini ham isloh qilişga kirişmoqda. Donald Trampning fikriça, şimoliy Amerikada NAFTAning bölişi mamlakat içida yangi iş örinlarini yaratişga imkon bermayapti.
Bundan taşqari, sammit bir hafta oldin Himolay atrofida çegara masalasidan kelib çiqqan Xitoy-Hindiston inqirozi ijobiy hal bölişi bilanoq taşkil etilmoqda. Bu a'zo davlatlarning hamkorlikda qaror çiqarişga yaxşi şaroit yaratib beradi.








