Rossiya prezidenti Vladimir Putin 4—5 sentabr kunlari bölib ötadigan BRICS​ sammitida qatnaşiş uçun Xitoyga keldi.

U Xitoy rahbari Si Jinping bilan muzokara ötkazişga ulgurdi. Tomonlar özaro kelişuvlarning ijrosi holatlarini muhokama qilişgan.

«Men siz bilan kelişib olgan rejalarimiz qanday amalga oşayotgani haqida fikrlar almaşiş imkoniyati yuzaga kelganidan mamnunman», — deya Si Jinpingga yuzlangan Putin. U şu yilning iyulida Xitoy rahbarining Moskvaga taşrifi «juda foydali» bölganini qayd etib ötgan.

Xitoy rahbari ham şu fikrni ta'kidlagan. U öz taşrifi orqali nafaqat özaro munosabatlardagi, balki, xalqaro maydondagi muammolarni muhokama etişga xizmat qilganini e'tirof etgan.

Rossiya, Braziliya, Hindiston, JAR va Xitoy davlat rahbarlari seşanba kuni Xitoyning Ciamen şahrida yiğilişi rejalaştirilgan. Bu Xitoyga mezbon sifatida AQŞ prezidenti Donald Tramp ilgari surayotgan «Amerika birinçi» siyosatiga qarşi tura oliş imkoniyatini taqdim etadi.

Şuningdek, BRICS​ yetakçilari safiga Tailand, Meksika, Misr, Gvineya va Tojikiston rahbarlari ham kuzatuvçi maqomida qöşilişi kutilmoqda. Mustaqil mutaxassislarning fikriça, "BRICS​ Plus” körinişida ötadigan sammit yiğilişida taşkilotga yangi a'zolar qabul qilinişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Trans-Atlantik savdo şartnomasidan voz keçgan yangi AQŞ hukumati endilikda 23 yillik tarixga ega NAFTA taşkilotini ham isloh qilişga kirişmoqda. Donald Trampning fikriça, şimoliy Amerikada NAFTAning bölişi mamlakat içida yangi iş örinlarini yaratişga imkon bermayapti.

Bundan taşqari, sammit bir hafta oldin Himolay atrofida çegara masalasidan kelib çiqqan Xitoy-Hindiston inqirozi ijobiy hal bölişi bilanoq taşkil etilmoqda. Bu a'zo davlatlarning hamkorlikda qaror çiqarişga yaxşi şaroit yaratib beradi.