Moskva şahridagi Katta Nikita köçasiga yakşanba kuni yuzlab musulmonlar sanksiyalaştirilmagan miting uçun yiğildi. Ayni paytda voqea tafsilotlarini yoritib borayotgan taniqli blogger Ilya Varlamov şu haqda xabar bergan.
Varlamovning yozişiça, töplangan musulmonlar «Buddistlar - terroristlar!» deya qiçqirib, Myanmaning Rossiyadagi elçixonasi tomon harakatlanişgan. Olomon harakatini Rossiya Milliy gvardiya askarlari töxtatib qöygan, elçixona yaqiniga heç kim qöyilmayapti.
Şuningdek, Çeçeniston poytaxti Grozniy şahridagi «Çeçeniston yuragi» masjidi atrofida ham Myanmadagi musulmonlarni qöllab-quvvatlaş aksiyasi taşkil etilgan. Mamlakat rahbari Ramzan Qodirov 1 sentabr kuni özning Instagram'dagi sahifasida butun dunyo hamjamiyati va Myanma hukumatini harakatsizlikda ayblagan edi.
Eslatib ötamiz, Myanmada ötgan kunlarda musulmonlarning 2600ga yaqin uyiga öt qöyilgan. Radikal buddist va harbiylarga qarşi çiqqan musulmonlar terrorizmda ayblanmoqda.













