Bugun Özbekistonda yangi öquv mavsumi boşlandi va dunyoning köplab ta'lim tizimida ham sentabr mavsum boşi hisoblanadi. Bundan taşqari, 1 sentabr sanasi Garri Potter sarguzaştlarini maroq bilan öqigan, filmlarda tomoşa qilgan muxlislar uçun qadrli sana. Aynan şu kuni u ilk bor Hogvartsga taşrif buyuradi. Şu munosabat bilan Pottermore sayti afsungarlar bilim yurtiga virtual sayohat uyuştiriş imkoniyatini yaratdi.
The Hogwarts Experience virtual sayohatiga otlaniş uçun saytda röyxatdan ötiş söraladi. Foydalanuvçilar Hogvarts bilan bir qatorda taqiqlangan örmon va Hagrid kulbasiga taşrif buyuradi. Şuningdek, xohlovçilar kvidiç öyinlari ötkaziladigan maydon bilan tanişib çiqişi mumkin.
«Biz Potterni sevguvçilar uçun keng imkoniyatlar eşigini oçmoqdamiz. Virtual sayohat davomida foydalanuvçi Hogvartsning har bir burçagi bilan yaqindan tanişib çiqişi, xohlagan payti qayta taşrif buyurişi mumkin», deydi Pottermore Global Digital boş direktori Genriyetta Styuart-Rekling.
Sayohat çoğida kitobda ta'kidlangan 100ta manzilga taşrif buyuriladi.
Garri Potter sarguzaştlarining yaratuvçisi, yozuvçi Joan Rouling, Forbes reytingi böyça, 2017 yilning eng köp gonorar oladigan yozuvçisi sifatida qayd etilgan. Jurnal jamoasi uning daromadlarini 95 million AQŞ dollariga teng, deb hisoblaydi.












